ADTI talabalar turar joyida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 15-apreldagi bayonida 2019- yil may oyi “Sport oyligi” deb e’lon qilingan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 30-apreldagi 87-04-886 sonli xatiga asosan, Andijon davlat tibbiyot institutida “Sport oyligi” bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Ushbu rejada belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan  may oyining birinchi haftasida futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni “Do‘stlik” jamoasi, 2-o‘rinni “Yoshlik” jamoasi, 3-o‘rinni “Stom fak” jamoalari egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

G‘olib bo‘lgan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

153