ADTI tibbiy kimyo kafedrasida D.I.Mendeleyevning davriy qonuni va davriy jadvalining 150 yilligiga bag`ishlab o`tkazigan ilmiy-amaliy anjuman

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

11 may kuni ADTI Tibbiy kimyo kafedrasida D.I.Mendeleyevning Davriy qonuni va davriy jadvalining 150 yilligiga bag`ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tdi. Anjumanda Tibbiy kimyo kafedrasi professor-o`qituvchilari va farmatsiy yo`nalishi talabalari ishtirok etdilar. Anjumanni Tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, dotsent Yu.X.Xolboyev tomonidan ochib berildi. So`ngra kafedra  professori K.T.Inakov, dotsent I.I.Xomidov, assistentlar S.T.Islomova, G.A.Rustamova, A.A.O`rmonov, S.X.Maxammatovalar tomonidan talabalarga samimiy tilaklar bildirildi, talabalarga keyingi o`qish va ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.

Anjumanda talabalardan farmatsiya yo`nalishi 203-guruh talabasi M.Jo`rayev, pediatriya yo`nalishi 105-guruh talabasi S.To`xtaraliyevlar D.I.Mendeleyevning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag`ishlangan ma`ruza va videolavhalar bilan qatnashdilar. Shuningdek talabalarni qiziqtirgan ba`zi mavzularda jumladan  “Efir moylarinining va biz bilgan va bilmagan hususiyatlari” kabi mavzularda qiziqarli ma`ruzalar tinglandi.           Anjuman qizg`in baxs va munorazalarga boy tarzda o`tkazildi.

243