alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTI VA DOG‘ISTON DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI HAMKORLIGIDAGI YANA BIR ONLAYN KONFERENSIYA

09:33 25.03.2021

Bugun Andijon davlat tibbiyot institutining Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining  akusherlik-ginekologiya, neonatalogiya va endokrinologiya kafedrasi tomonidan hamda Rossiyadagi Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti hamkorligida “ Reproduktiv salomatlik muammolari va ularning yechimi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya o‘tkazildi. Unda har ikki oliy ta’lim muassasasi mutaxassislari tibbiyot sohasida o‘zaro fikr almashdilar.

Dastavval konferensiyani institutimiz rekrori M. Madazimov ochib berdi. So’ng konferensiya davomida Xarkov milliy tibbiyot universitetining akusherlik-ginekologiya kafedrasi dotsenti I. Murzina “Menopouzal o‘tish davridagi buyrak usti bezining steroid ishlab chiqarishning o‘zgarishlari va ularning suyak to‘qimasi zichligiga ta’siri”, URAL davlat tibbiyot universitetining akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri T. Obaskolova “ Anomal bachadondan qon ketishdagi bemorlarning reproduktiv faoliyatining tiklanishi”, Dog‘iston davlat tibbiyot universitetining akusherlik-ginekologiya kafedrasi assistenti M. Irisova “Tuxumdonlar skleropolekistozi sindromi muammosiga yangi yondashuv”, Dog‘iston davlat tibbiyot universitetining akusherlik-ginekologiya kafedrasi assistenti A. Aliyeva “Resuznizoning hal qilish yo‘llari”, Buxoro davlat tibbiyot institutining akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri G. Ixtiyorova “Homila rivojlanishining barvaqt to‘xtab qolishi, plotsentar disfunksiyani erta diagnostikasi”, Samarqand davlat tibbiyot institutining akusherlik-ginekologiya kafedrasi assisitenti S. Tilalova “Chanoq tubi disfunksiyasida siydik ushlolmaslik”, Andijon davlat tibbiyot institutining Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining akusherlik-ginekologiya, neonatalogiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri O. Yakubova “Yuvenil dismenariyani shakllanishida magniy roli” mavzularidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Konferensiya yakunida Ilmiy ishlar va innovatsiya bo’yicha prorektor G’. Xojimatov hamda Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i K. Salohiddinov mavzu borasida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Umuman olganda, tashkillangan xalqaro ilmiy-amaliy onlayn koferensiya barcha oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yanada oshirish, tajriba almashish, malakali tibbiyot kadrlarini yetishtirishda o‘z samarasini berishiga xizmat qilmoqda.