ADTI “Zamin bio helth” farmatsevtik korxonasi bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 6-fevral kuni ADTI rektori M.M. Madazimov, o‘quv ishlari  bo’yicha prorektor A.SH. Arziqulov va farmatsiya yo‘nalishi ma’suli Z.A. Ergashevalar ta’lim, fan va ishlab-chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida Andijon tumanidagi “ZAMIN BIO HELTH” farmatsevtik korxonasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida korxona rahbari A.S. Nizamov va xodimlar bilan tanishdilar. Korxona ishlab-chiqarish sehlari, laboratoriya va boshqa bo‘limlari bilan tanishib chiqildi.

Kelajakda farmatsiya yo‘nalishi talabalari o‘quv va ishlab-chiqarish amaliyotini shu korxonada o‘tashi uchun tadbirlar rejasi taklif etildi va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib olindi.

 

120