ADTIning professor-o’qituvchilari sog’lomlashtiruvchi tongi yurish mashqlarida ishirok etdilar

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019 -yil   4 -may tongida  Andijon davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetiga qarashli barcha fakultetlar professor-o’qituvchilari, xodimlari   institut bosh  o’quv binosi oldiga yig’ildilar.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan  yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish  maqsadida ilgari surilgan beshta  muhim tashabbusning ikkinchisida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari  uchun zarur sharoitlar yaratish ko’zda tutilgan edi. Shu  yo’nalishda  ADTIda ham professor-ustozlar va talabalar  faollik ko’rsatib, tongi yurish mashқqarini   bajarmoqdalar.

Bu galgi tongi yurish mashqlarida   stomatologiya  fakulteti dekanining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha o’rinbosari  N. Musaev  boshchiligida  bir guruh ustozlar bir-birlari bilan hamsuhbat  bo’lib, bosh  o’quv bino oldidan yurib, Andijon olimpiya zahiralari sport kolleji binosi oldidan o’tib, Andijon qilichbozlik majmuasi  binosi oldiga qadar borib qaytdilar.

Shu kuni sog’lomlashtiruvchi va chiniqtiruvchi yurish mashqlarida qatnashgan barcha ishtirokchilar a’lo kayfiyatda ish boshladilar.

131