alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTINING PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI SOG‘LOMLASHTIRUVCHI TONGI YURISH MASHQLARINI BAJARDILAR

13:37 01.06.2019

2019- yil 1- iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutining davolash fakultetiga qarashli barcha fakultetlar professor-o‘qituvchilari, xodimlari   institut bosh  o‘quv binosi oldiga yig‘ildilar.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan beshta  muhim tashabbusning ikkinchisida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari  uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan edi. Shu yo‘nalishda  ADTI professor-o’qituvchilari sog‘lomlashtirish mashqlarini bajarib,  talaba yoshlarga ibrat bo‘lmoqdalar.

Bu galgi tongi yurish mashqlarida   davolash  fakulteti dekanining yoshlar bilan  ishlash bo‘yicha o‘rinbosari  U.Karimov ва  bir guruh ustozlar bir-birlari bilan hamsuhbat  bo‘lib, bosh o‘quv bino oldidan yurib, Andijon olimpiya zahiralari sport kolleji binosi oldidan o‘tib, Andijon qilichbozlik majmuasi  binosi oldiga qadar borib qaytdilar.

Shu kuni sog‘lomlashtiruvchi va chiniqtiruvchi yurish mashqlarida qatnashgan barcha ishtirokchilar a’lo kayfiyatda ish boshladilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!