alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Aholi Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan mamnun

18:03 04.02.2020

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan hozirgi kunda Xitoyda aholi o‘rtasida “Koronavirus” turkumiga kiruvchi virus yuqishi natijasida kelib chiqqan zotiljam (pnevmoniya) kasalligi paydo bo‘lgani va tarqalayotgani barchani tashvishga solmoqda.

Shu bois, mazkur tashkilotning rasmiy  ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasida  koronavirusning yangi tipining epidemiyasi yuzaga kelgan. Koronavirus kasallini oldini olish va unga qarshi kurash borasida Xitoyga qo‘shni bo‘lgan davlatlarda, jumladan,  mamlakatimizda ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Koronavirus kasalligini hozirgi kundagi holati, uning asoratlari va oldini olish chora-tadbirini aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish borasida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va talabalar tomonidan  turli chiqishlar qilinmoqda.


Jumladan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi  Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti faol talabalari tashabbusi bilan Andijon shahrining Eski shahar hududida koronavirus, uning asoratlari va oldini olish chora-tadbirga oid bukletlar tarqatildi, fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.


Muloqot jarayonida aholi koronavirus, kasallikning kelib chiqishi va oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga talabalardan batafsil javoblar olish va yoshlarga tushutirish ishlari uchun minnadorchilik bildirishdi.
 

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!