alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AHOLINI ROʻYXATGA OLISH ISHLARIGA TAYYORGARLIK KOʻRILMOQDA

12:20 21.05.2021

2023-yilda boʻlib oʻtadigan aholini roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlarining birinchi bosqichi boʻyicha tuman korxona, tashkilotlar, mahallalarida aholi va keng jamoatchilik oʻrtasida seminar-uchrashuvlar oʻtkazib kelinmoqda.

Andijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan tashkil etilayotgan uchrashuvlar chogʻida ushbu jarayonning mazmuni, maqsadi va vazifalari boʻyicha tushunchalar berilmoqda. Tayyorgarlik ishlari doirasida koʻchalarga, qishloq va ovullarga nom berish, ilish, xonadonlarni nomlash, raqamlash, xaritalarga mos holda har bir koʻcha va xonadonning chegaralarini aniq belgilash boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda targʻibot tadbirlari har bir mahalla, korxona va muassasalarda muntazam ravishda o’tkazilmoqda.

Jahon tajribasida mamlakat aholisining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, kasbi, bandligi, daromad manbai va boshqa jihatlar boʻyicha batafsil maʼlumot toʻplashning eng samarali usuli aholini roʻyxatga olishni tashkil etish hisoblanadi. Shu bois, 2023-yilda mamlakatimizda ilk bor oʻtkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbirlariga hozirdan jiddiy tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining 2015-yildagi rezolyutsiyasiga asosan aʼzo davlatlarga har oʻn yilda kamida bir marta aholini roʻyxatga olish amaliyotini oʻtkazishni tavsiya etadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!