alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AKADEMIK LITSEYDAN YANGI QALDIRGʻOCHLAR

15:28 25.06.2021

Bugun Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyida navbatdagi 148 nafar bitiruvchi bilan xayrlashuv tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, akademik litsey direktori B.R.Abdullajanov,

akademik litsey direktori F.Axmedova, litsey oʻqituvchilari, bitiruvchi talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida oʻqituvchi ustozlar bitiruvchilarga kelajakdagi orzulari yaʼni oliy taʼlim muassasalarida oʻqishini davom ettirishni amalga oshirishlarida omadlar tiladilar.
Bitiruvchilardan aʼlo baxolarga oʻqigan, naʼmunaviy xulq va odob egasi boʻlgan 24 nafar talabalarga imtiyozli diplom berildi va albatta ularning ota-onalariga tashakkurnomalar ham berildi.

Shundan soʻng tadbir bitiruvchilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturlariga ulanib ketdi.

Aziz Andijon davlat tibbityot instituti akademik litseyi bitiruchilari – sizlarni kelajakdagi ishlaringizga omad tilaymiz.

ADTI matbuot xizmati