alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Akademik Shavkat Karimovning Andijondagi mahorat darslari

13:22 18.01.2019

2018-yil 18-yanvar kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashma Kengashi majlislar zalida Andijon davlat tibbiyot instituti va viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida «Surunkali bosh miya qon aylanishi yetishmovchiligining butun dunyo va O’zbekistondagi holati» mavzusida konferensiya o’tkazildi. Konferensiyaga Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi direktori akademik Sh.Karimov, oftalmolog F.Baxriddinovalar  tashrif buyurishdi.
Anjumanni ADTI rektori M.Madazimov ochib berdi. Dolzarb mavzudagi konferensiyada shifokorlar, magistr va klinik ordinatorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.


Konferensiya jarayonida poytaxtning yetakchi mutaxassislari tomonidan miyada qon aylanish muammolari, insult oldi kasalliklari, gemorragik va ishemik insultlarni bugungi kunda davolash choralariga bag’ishlangan ma’ruzalari o’qildi hamda master-klasslar o’tkazib berildi.

Bugungi kunda dolzarb bo’lib turgan yurak-qon tomir kasalliklari: yurak ishemik kasalliklari, qandli diabet va metabolik sindrom, gipodinamiya, semizlik, qon ivuvchanligining oshib ketishi  tromblar hosil bo’lishini kuchaytirib, oqibatda insult rivojlanishini keltirib chiqaradi. Bunday kasalliklar ko’rsatkichi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun soha mutaxassislari bu holatga katta mas’uliyat va jiddiy e’tibor berishlari zarur.

Shu kuni Andijonda soha  mutaxassislariga yuqoridagi  dolzarb mavzularda mahorat darslari bo’lib o’tdi. Mutaxassislar o’zaro fikr almashib, qizg’in savol-javoblar bo’ldi.
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!