Akusher-ginekologlarning xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti  1-akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari doktori, dotsent D.B.Asranqulova va kafedra xodimlari tashabbusi bilan ukrainalik xalqaro olim,  Xarkov tibbiyot akademiyasi akusherlik-ginekologiya va perinatalogiya kafedrasi dotsenti, Oilani rejalashtirish va reproduktiv salomatlikni saqlash masalalari bo‘yicha JSST murabbiyi  Struk Tatyana Anatolevna ishtirokida  xalqaro   ilmiy-anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda Andijon davlat tibbiyot instituti 1-akusherlik ginekologiya kafedrasi, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining akusherlik va ginekologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistratura  va klinik ordinatura talabalari hamda Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyat perinatal markazlarining akusher-ginekologlari   qatnashdilar.

Ilmiy-anjuman anjumanni 1-akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari doktori, dotsent D.B.Asranqulova ochib berdi. Professor Struk Tatyana Anatolevna  “Ayollarning turli yoshdagi davrlarida gormonoterapiyani differensiyalashgan yondashuvi” mavzusida ilmiy ma’ruza o‘qidi. 1-akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent D.B.Asranqulova va boshqalar anjuman yo‘nalishi bo‘yicha o‘z  ma’ruzalari o‘qib eshittirdilar.

Anjuman yakunida professor T.A.Struk  anjuman ishtirokchilarini qiziqtirgan savollar misollar bilan  javob berdi.

Anjuman so‘nggida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

193