alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Akusherlik va ginekologiya kafedralari tomonidan onlayn videoma’ruza tashkil etildi

15:16 03.04.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida 2019- yil 3- aprel kuni  1 – va 2 – akusherlik  va ginekologiya kafedralari va  VMO va qayta  tayyorlash fakulteti  akusherlik va ginekologiya kafedralari  hamkorlikda   onlayn video ma’ruza tashkil etildi.

Videoma’ruzada  Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat tibbiyot universiteti  davolash fakulteti akusherlik va ginekologiya kafedrasi  dotsenti, t.f.d. Yelena Nikolaevna Gujvina  “Bachadondan tashqari homiladorlik” mavzusida  ma’ruza o‘qib berdi. Ma’ruzada  davolash fakulteti 5- bosqich, pediatriya fakulteti 4-, 5- bosqich talabalari, magistratura va klinik  ordinatura  yo‘nalishi talabalari,  VMO va qayta tayyorlash fakulteti  kursantlari ishtirok etdilar.

Sohadagi eng so‘ngi yangilik va izlanishlarga boy tarzda  tayyorlangan videoma’ruzada ADTI kafedra mudirlari, dotsentlar D.Asranqulova, X.Nigmatshaeva va O.Yakubova va assistentlar ham  faol qatnashdilar.  Anjuman  mavzu  yuzasidan savol-javob va munozaralarga boy tarzda yakunlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!