alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AMALIY DARS JARAYONLARI YANADA KENGAYDI

16:17 20.02.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909, 2017-yil 5-maydagi PQ-2956, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151 hamda 2017-yil 20-iyundagi PQ-3171 sonli qarori ijrosi yuzasidan 2018-yil 10-sentabr kuni Andijon Davlat tibbiyot institutida ROSOMED va VIRTUMED kompaniyalari bilan hamkorlikda simulyatsion o‘quv markazi tashkil etilgan.
Hozirda markazda 75 nomda simulyator, trenajer, fantomlar va sarf materiallari bor.
Joriy yilning 18-fevral kuni institut simulyatsion o‘quv markaziga 1 mlrd 72 mln 812 ming 400 so‘m mablag‘ hisobiga navbatdagi 43 nomda (BESTA guru – laparoskopiya trenajyorlari, o‘pka-yurak reanimatsiyasi uchun kontrollerli torslar, vena ichi amaliyoti uchun AyViArm bolalar qo‘li fantomlari, o‘pka-yurak reanimatsiyasi amaliyoti uchun Brayden manekenlari va boshqalar) 136 turdagi trenajerlar, fantomlar xarid qilindi.
Shuningdek, markazda mavjud simulyatorlar uchun sarf materiallari olindi va ekspluatatsiya qilindi.
Bu jihozlarni olishdan maqsad, talabalarning kasbga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, har bir darslarni eng so’nggi texnologiyalar asosida olib boorish va yuqori malakali shifokorlarni yetishtirishdan iborat. Endi talabalarning kasb sirlarini o’rganishlari uchun imkoniyatlari kengaydi.
Har bir dars jarayonlari yanada ko’proq amaliy tajribalar asosida olib boriladi. Bunda talabalar ustozlarining nazariy bilimlari bilan bir qatorda o’zlari ham yangi ilmiy jihozlardan foydalangan holda samarali va sifatli bilim oladilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!