alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori ota-onalar bilan uchrashdi

16:36 23.11.2018

             Ta’lim-tarbiya jarayonida  talabalarning ota-onalari  bilan ta’lim maskanlarining hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Andijon davlat tibbiyot  institutida ana shu jarayonga azaldan katta e’tibor qaratilgan.
2018-yil  23-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov  bilan stomatologiya fakultetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ota-onalar bilan suhbat chog‘ida rektor avvalo institutdagi ta’lim-tarbiya jarayoniga, talabalar uchun oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar va  imkoniyatlarga  to‘xtaldi. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot  institutining  “Odob-axloq qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni saqlash vazirligining 34-sonli buyrug‘i, muomala  va kiyinish madaniyati, vrachlik kasbiga hurmat  to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek, talabalarning   xorijiy tillarni bilishlari, netbuk, noutbuk, fleshka  kabi vositalardan foydalanish, to‘garaklarga muntazam qatnashishlari, simulyatsion markazda amaliy  ko‘nikmalarini oshirishlari  lozimligini aytib o‘tdi.

Talabalarni oliygohda  yaxshi bilim olishlarida,  ularning tarbiyasida, qolaversa, kelgusida har tomonlama bilimli, tajribali shifokor bo‘lib yetishishlarida ota-onalar bilan institut jamoasining doimiy hamkorligi muhim ekanligini ta’kidladi. Uchrashuvda rektor ota-onalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi hamda   ta’lim – tarbiya jarayonida ularni  yanada  hamkorlikka va faol bo‘lishga chaqirdi.
Uchrashuv yakunida stomatologiya fakulteti dekani D.To‘lanov faol talabalarning  ota-onalariga “Tashakkurnoma”lar  topshirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!