alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Anatomiya, OJTA kafedrasi ilmiy izlanuvchilari Marhamat tumanida seminar-trening o’tkazdi

16:00 19.06.2019

2019-yilning 19-iyun kuni Anatomiya, OJTA kafedrasi qoshidagi “Sog’lom bola” nomli innovatsion-ilmiy guruhi  ilmiy izlanuvchilari Marhamat tumanida 65 nafar homilador ayollarga seminar-trening o’tkazdilar. Seminarda ilmiy izlanuvchilar: A.Abdurahimov, M.Abdumuxtarova, M.Nuryog’diyeva, O.Nazirjonovlar hamda ularning ilmiy rahbari Z.Kaharovlar ishtirok etib, bo’lajak onalarga tug’ilajak farzandlarini sog’lom o’sishlari uchun nimalarga e`tibor berishlari kerakligini uqtirdilar.

Seminarda ichak normal mikroflorasi va uning bola jismoniy o’sishi, hamda immune tizimining normal rivojlanishidagi o’rniga alohida to’xtaldilar.Ilmiy izlanuvchilar bo’lajak onalarni ro’yxatga olisharkan, ularni va tug’ilajak farzandlarni bir yil davomida tuzatuvga olishlarini, hamda onalar bilan telegram ijtimoiy tarmog’ida muntazam aloqada bo’lishlarini aytdilar.

Seminar yakunida yig’ilganlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Qizg’in savol-javoblardan keyin onalar ilmiy izlanuvchilar tomonidan tibbiy ko’rikdan o’tkazildilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!