2018-yilning 14-dekabr kuni Anatomiya, OJTA kafedrasi mudiri dotsent Z.Qahhorov Novosibirsk davlat tibbiyot universiteti «Odam anatomiyasi» kafedrasi mudiri professor A.Mashak bilan kafedralararo shartnomani imzoladilar. Shartnomada kafedralararo ilmiy-amaliy, tajribaviy hamkorlik ko’zda tutilgan. Bundan tashqari ikki kafedra xodimlari mahorat darslari bilan hamkor tomonga tashrif buyurishi rejalashtirishdi.
2018-yilning 14-dekabr kuni Anatomiya, OJTA kafedrasi mudiri dotsent Z.Qahhorov rahbarligida davolash fakulteti 2-bosqich talabalari B.Maqsudov, R.Sobirova va G.Solijonovalar bilan «Морфологические науки – фундаментальная основа медицины» mavzusidagi III Xalqaro talabalar va yosh olimlar morfologik ilmiy-amaliy konkurs-anjumanida ishtirok etdilar. Anjuman doirasida o’tkazilgan Xalqaro olimpiadada talabalarimiz faol ishtirok etib, 6 mamlakatdan kelgan 10 ta guruh ichida faxrli 2-o’rinni egallab qaytdilar va 2-darajali diplom va sovg’alar bilan taqdirlandilar.
2018-yilning 14-dekabr kuni Anatomiya, OJTA kafedrasi mudiri dotsent Z.Qahhorov rahbarligida davolash fakulteti 2-bosqich talabalari B.Maqsudov, R.Sobirova va G.Solijonovalar bilan «Морфологические науки – фундаментальная основа медицины» mavzusidagi III Xalqaro talabalar va yosh olimlar morfologik ilmiy-amaliy konkurs-anjumanida ishtirok etdilar.
Anjumanda institutimiz vakillari o’zlarining ma`ruzalari bilan qatnashib, sertifikatlar bilan taqdirlandilar.