alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON: BIR SONIYA BO‘LSIN E’TIBORSIZLIKKA HAQQIMIZ YO‘Q

13:16 29.04.2020

Bugungi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solib turgan koronavirus pandemiyasi afsuski, O‘zbekiston Respublikasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Ikkinchi oydirki, mamlakatimizda unga qarshi kurash va uning oldini olish borasidagi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Hukumatimiz ko‘rsatmalarini izchil amalga oshirish orqali hududlarni dezinfeksiyalash, karantin tartiblarini joriy etish, fuqarolarni aloxidalash ishlariga katta e’tibor qaratilyapti. Natijalar esa yomon emas. Kasalxonalarda davolanib, batamom sog‘ayayotgan bemorlarning soni kundan-kunga ortishi ham bunga misoldir. Bu borada Andijon viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi (SEOM) xodimlari ham zimmasiga yuklatilgan vazifani sidqidillik bilan ado etishib, muhim jarayonda faol ishtirok etmoqdalar.
Jumladan, SEOM mutaxasislari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan xamkorlikda kasallikga gumon qilingan holatlarda epidemiologik surushtiruvlar o‘tkazilib, 143 holatda kasallik manbalarini aniqlandi, 9ta holatda tekshiruvlar davom etmoqda.
Shu kungacha SEOM xodimlari tomonidan hududlarni dezinfeksiya qilish ishlari keng qamrovda o‘tkazilmoqda. Jumladan, mavjud 16 ta shahar va tumanlardagi 504 ta savdo ob’ektida, 880 ta turli ijtimoiy ob’ektlarda, xududlarga kirish-chiqish joylarida maxsus postlarda, harakatlanuvchi avtomobil vositalari dezinfeksiya qilindi, shunigndek yo‘lovchilarga pandemiyaga qarshi kurashish choralari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, 4 440ta ob’ektlarning tashqi va ichki qismlarida ham dezinfeksiya ishlarni tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.
Har bir soha taraqqiyotida moddiy texnik bazaning ahamiyati juda katta. Ayniqsa, bugungi karantin holati hukm surayotgan bir paytda mutaxassislar faoliyati ko‘lamini teng barobarga oshirishga erishildi. Bu esa, tabiiyki, xodimlardan katta e’tibor va tajribani talab etadi. Qolaversa, ularga xizmatda foydalanish uchun 14 ta avtotransport vositalarining ajratilishi bu maqsaddagi ishlarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish imkonini beradi. Hukumatimiz tomonidan xizmat samaradorligini oshirish maqsadida ajratilgan ushbu avtomashinalar SEOMning tuman va shahar bo‘limlarida faoliyatga yo‘naltirildi.
Respublikamizga koronavirus epidemiyasining oldini olish va unga qarshi kurash maqsadida amaliy yordam berish uchun Xitoy davlatidan bir guruh mutaxassislarning tashrif buyurishi bu boradagi jahon tajribasini o‘zlashtirish imkonini berdi. Ular Andijon viloyatida karantin davrida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar viloyatda bu borada yo‘lga qo‘yilgan ishlarga ijobiy baho berish bilan bir qatorda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, ular ishtirokida tashkil etilgan onlayn konferensiyada viloyatdagi 200 nafardan ziyod soha xodimlari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgans savollarga javob oldilar.
Ayni paytga kelib, Andijon viloyatida koronavirus bilan kasallanganlar soni 152 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 94 nafari karantin muassasalarida, 68 nafari esa aholi orasida aniqlangan bo‘lib, shu kunga qadar 56 nafar bemorning butkul sog‘ayganligi quvonarlidir. Bu kabi yutuqqa erishishda sanitariya-epidemiologiya sohasi xodimlarining ham munosib hissalari katta, albatta.
Toki, bir nafar bemor yoki karantinga olingan hamyurtimiz mavjud ekan, erishgan yutuqlar bilan quvonishga erta. Qolaversa, respublikamizda koronavirus pandemiyasi batamom tugatilganidan so‘ng ham bu boradagi ishlarni davom ettirish, ya’ni hududlarni va aholini turli yuqumli kasalliklardan himoya qilish soha xodimlarining kundalik vazifasi bo‘lib qoladi. Bu borada o‘z tajribasi va ko‘nikmasiga ega xodimlar faoliyati esa viloyatda tang vaziyat yuzaga kelmasligi uchun muhim omil vazifasini o‘tashiga shubha yo‘q.

 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!