alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida  onlayn xalqaro birinchi olimpiadasi

14:20 27.05.2020

#UYDAQOLING xeshtegi ostida o‘tkazilgan onlayn xalqaro birinchi olimpiadasi Andijon davlat tibbiyot instituti Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasi tomonidan o‘tkazildi.


E’tirof etish kerakki, onlayn olimpiada ta’lim sohasida birinchi tashabbus bo‘lib, u 4-may 2020-kuni start oldi, Onlayn olimpiadaga Andijon davlat tibbiyot instituti Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasi mudiri Z.A.Kaxarov va assistent S.S.Abduvorisovalar ma’sul etib tayinlandi.


Olimpidada ishtirok etish uchun 6 ta nufuzli tibbiyot oliygoxlari: Xalqaro tibbiyot maktabi (Bishkek), Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi, O’sh davlat universtiteti, Osiyo tibbiyot instituti, Qirgiz-Rossiya-Slovyan universtiteti va Andijon davlat tibbiyot institutlarining 71 nafar talabalari ro‘yxatdan o‘tdilar. Shundan 45% xorijiy fakultet talabalari tashkil etdi.


Ishtirokchilar 4 bosqichda – tanishtiruv, xirurgik tugun qo‘yish, uy sharoitida COVID-19 profilaktikasi bo‘yicha takliflar hamda teatrlashtirilgan patalogik jarayonni yoritish bo‘yicha bellashdilar. Har bir bosqich uchun video roliklar qabul qilindi.


1- va 2- bosqichlarda 45 nafar ishtirokchi saralab olindi va 3-, 4-bosqichlarga start berildi.


Onlayn olimpiada 25-may kuni yakuniga yetdi. Ishtrokchilar fikri va ularning olimpiadaga faol yondashganliklari hamda talabalarni ruhan rag‘batlantirish maqsadida har bir oliygox uchun alohidadan 1-, 2-, 3-darajali o‘rinlar belgilandi. Istesno tariqasida Qirg‘iziston tibbiyot akademiyasi talabalari ishtirokchilari ko‘pligi va 2 ta fakultet ishtirok etganligi inobatga olinib, ular uchun xorijiy va milliy fakultetlarga alohida o‘rinlar berildi.


Onlayn olimpiada karantin vaqtida talabalar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tqazish, millatlararo do‘stlikni mustahkamlash va tibbiy ko‘nikmalarni oshirishga ko‘mak bo‘ldi. Olimpiada ishtirokchilarda chuqur ijobiy taassurotlar qoldirdi.


Tashkilotchilarga  oliygohlar ma’muriyatlari va ishtirokchilardan tashakkurnomalar kelishda davom etmoqda.

S.S.Abduvorisova,

ADTI Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasi o‘qituvchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!