(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYОT INSTITUTI GOSPITAL TERAPIYA KAFEDRASI VA XORIJIY OLIMLAR ISHTIROKIDA KONFERENSIYA BO’lIB O’TDI

18:08 26.11.2020

2020 yili 25 noyabr kuni  Andijon shahri Bogishamol mexmonxonasi maruzalar zalida «Endokrinologiyaning dolzarb muammolari» mavzusida gospital terapiya kafedrasi professor oqituvchilar, klinik ordinatorlar, talabalar,  endokrinolog, terapevt shifokorlar ishtirokida ilmiy amaliy  konferensiya bo’lib otdi.

Dastlab  ilmiy ishlar buyicha institut prorektori Xodjimatov G.M. so`zga chiqib endokrinologiyaning dolzarb muammolaridan bulgan  qandli  diabet uning sabablari,  oldini olish choralari bo`yicha malumot berib anjumanni ochib berdi.

So`ng  Ukraina respublikasi  tibbiy texnologiyalari innovatsion markazi metabolik sindrom profilaktikasi va davolash bulimi boshligi, P.L.SHupik nomidagi malaka oshirish tibbiyot akademiyasi diabetologiya kafedrasi tibbiyot fanlari doktori Jerdeva Nadejda Nikolaevna  «Insulinorezistentnlikni uchinchi darajasi»   mavzusidagi maruzani o`qib   berdi.  Ushbu maruza  tushunarli va qiziqarli qilib yigilish qatnashchilariga etkazib berildi.

Maruzal  diabetologiyaning  dolzarb muammolariga bagishlangan bo`lib,  qandli diabet 2 turi  diagnostikasi va  davolash  xamda oldini olishni  to`liq  yoritib berdi.  Sungi yangiliklar  xaqida batafsil ma`lumot keltirdi.   SHuningdek maruzada    zamonaviy preparatlar  kamchiliklari, qarshi kursatmalar va asoratlariga ham to`xtalib o`tdi.