alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institut  va Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

16:17 16.01.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti  professor-o‘qituvchilari Andijon viloyatining  Andijon, Paxtaobod, Ko‘rg‘ontepa, Bo‘ston va Namangan viloyatining Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqdalar.


Mazkur texnikumlarning bir guruh vakillari Andijon davlat tibbiyot institutga tashrif buyurdilar va institut hayoti bilan yaqindan tanishdilar.
Mehmonlarni institut rektori, professor M.M.Madazimov, Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor v.v.b. Z.O‘tanov va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari bo‘yicha mas’ul X.Sapioxunovalar samimiy kutib oldilar.


Hamkor texnikum vakillari institutning qayta jihozlangan Axborot texnologiyalari markazi, Simulyatsion o‘quv markazi, Axborot resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida tibbiyotga oid hamda axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.


Tashrif yakunida institut jamoasi va texnikumlar vakillari hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

X.Sapioxunova

ADTI Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari bo‘yicha mas’ul

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!