alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti 2022-yilda tayanch doktoranturaga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga birinchi bosqichga mutaxassisliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

12:20 25.09.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  304-sonli qarori hamda “2022-yilda tayanch doktorantura va doktoranturada davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga birinchi bosqichga qabul rejasining O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalar taqsimoti”ga muvofiq tayanch doktoranturaga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

Muassasa nomi Ixtisoslik shifri Ixtisoslik nomi Doktorantura turi Ajratilgan  kvota
1 Andijon davlat tibbiyot instituti 14.00.01 Akusherlik va ginekologiya Tayanch doktorantura 2
14.00.06 Kardiologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.08 Oftalmologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.09 Pediatriya Tayanch doktorantura 1
14.00.13 Nevrologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.27 Xirurgiya Tayanch doktorantura 2

 

Tayanch doktoranturaga o‘qishga kirish uchun talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:

– ariza;

– qisqacha biografik ma’lumotnoma;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.

Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan}, TOEFL (iVT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqdovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari 2021-yil 1 — 25 noyabr davrida o‘tkaziladi.

Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib, 2021yil 15oktabrgacha Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!