alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti 2023-yilda doktorantura va tayanch doktoranturaga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga birinchi bosqichga mutaxassisliklar bo‘yicha  tanlov e’lon qiladi

21:37 26.09.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  304-sonli qarori hamda “Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimida davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish bo‘yicha 2023-yil uchun qabul kvotalarining ilmiy va ta’lim tashkilotlari bo‘yicha taqsimoti (ixtisoslik kesimida)” doktorantura va tayanch doktoranturada davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga birinchi bosqichga qabul rejasining quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

Muassasa nomi Ixtisoslik shifri Ixtisoslik nomi Doktorantura turi Ajratilgan kvota
  Andijon davlat tibbiyot instituti 14.00.01 Akusherlik va ginekologiya Tayanch doktorantura 2
14.00.03 Endokrinologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.04 Otorinolaringologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.05 Ichki kasalliklar Tayanch doktorantura 1
14.00.06 Kardiologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.08 Oftalmologiya Doktorantura 1
14.00.08 Oftalmologiya Tayanch doktorantura 2
14.00.09 Pediatriya Tayanch doktorantura 1
14.00.10 Yukumli kasalliklar Tayanch doktorantura 2
14.00.15 Patologik anatomiya Tayanch doktorantura 1
14.00.18 Psixiatriya va narkologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.21 Stomatologiya Tayanch doktorantura 1

 

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari

Tayanch doktoranturaga o‘qishga kirish uchun talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

 

Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2022-yil 15-oktabrgacha Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi. Ro’yxatdan o‘tgan talabgorlar xujjatlarini institutning ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga topshirgandan so‘ng kirish imtihonlarga ruxsat beriladi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari 2022-yil 1 — 25-noyabr davrida o‘tkaziladi.