ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI 3-KURS TALABALARINING CHET TILI FANIDAN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI 3-KURS TALABALARINING CHET TILI FANIDAN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI

16:56 20.05.2019

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012- yil 10- dekabrdagi “Chet tillarini o’rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” PQ-1875, 2017 -yil 20- apreldagi PQ-2909 “ Oliy ta’limni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2017- yil 5- maydagi PQ-2956 “O’zbekiston Respublikasidagi tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasida 20 may kuni davolash fakultetining 3-kurs talabalari  chet tili fanidan yakuniy davlat attestatsiyasini topshirdilar.


Talabalarning chet tili fani bo’yicha bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini baholash chet tillarini o’zlashtirishning “gapirish”, “tinglash”, “o’qish” va “yozish” ko’nikmalarini egallash darajalari asosida 100 ballik tizimda baholandilar.  Yakuniy davlat attestatsiyasiga Andijon davlat universiteti “Ingliz tili va adabiyoti”  kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent  V.A.Vositov raislik qildi.



Skip to content Click to listen highlighted text!