alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quvchilari masofaviy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqdalar

10:17 29.04.2020

Akademik litsey o‘qituvchilari tomonidan karantin davrida internet orqali masofaviy ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Masofaviy ta’lim telegram dasturi yordamida tashkil qilinib har bir guruh uchun alohida gruppa tashkil qilindi.



Davlat ta’lim standarti talablarini to‘la bajarish maqsadida 17 ta fandan to‘liq elektron darslar tashkil kilindi.



Darslarni tashkil qilishda o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Aribjanov, o‘quv bo‘limii xodimi M.Vaqqosova, kafedra mudirlari B.O‘rinboyeva, U.Xusanov, F.Qurbonov va informatika  fani o‘qituvchilari J.Ataxanov, N.Abdullayevalar jonbozlik ko‘rsatdilar.



Dars jarayonlarini tashkil etishda akademik litseyning barcha fan o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.


Onlayn darslarda o‘quvchilarning ishtiroki juda ham faol. Akademik litseyning 90-95 foiz o‘quvchilari dars jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar.

Otabek KARIMOV,

ADTI akademik litsey Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!