alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti bitiruvchilarining farg‘onalik ish beruvchilar bilan ochiq muloqoti

17:42 25.02.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Kengashlar zalida Farg‘ona viloyati  sog‘liqni saqlash boshqarmasi  mutasaddilari bilan bakalavr  va magistratura  yo‘nalishlari  bitiruvchilari  hamda  klinik ordinatorlar bilan ochiq  muloqot o‘tkazildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Uchrashuvda institut prorektorlari, doktorantura va  klinik ordinatura bo‘yicha mas’ullar, marketing xizmati bo‘limi xodimlari, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda bitiruvchilar ishtirok etdilar.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Tadbirni  ADTI yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov ochdi va institut bitiruvchi talabalariga mehmonlarni  tanishtirdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Shundan so‘ng, Farg‘ona viloyati  sog‘liqni saqlash  boshqarmasi  boshlig‘i Odiljon Umarov  so‘zga  chiqib, tibbiyot tizimida  olib borilayotgan  izchil  islohotlar, o‘zgarishlar  haqida fikrlar bildirdi. Farg‘ona viloyati tibbiyot muassasalaridagi mavjud ish o‘rinlari, bitiruvchilarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar  va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot  berdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Uchrashuvda Farg‘ona viloyatidagi shahar va tuman tibbiyot birlashmalari mutaxassislari  ham  bu boradagi fikrlarini  bildirdilar. Bitiruvchilar  o‘zlarini  qiziqtirgan  savollariga  batafsil  javoblar  oldilar. Har bir bitiruvchi o‘z ish joyiga ega bo‘ldi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Farg‘onalik ish beruvchilar bilan ochiq  muloqot   samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

A.Ziyaev

ADTI marketing xizmati bo‘limi boshlig‘i

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!