alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti  delegatsiyasi Germaniyada

18:51 14.11.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti  delegatsiyasining Rostok universiteti 600 yillik yubiley munosabati bilan   Germaniya davlatiga qilgan tashrifi davom etmoqda.

Germaniyaning Rostok universiteti rektori, janob Volfgang Sharek Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida har ikki oliygoh o‘rtasida o‘quv-uslubiy, ilmiy, davolash hamda akademik va talabalar mobilgi bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Tibbiyot biotexnologiyalari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yaratishga kelishib olindi.


Andijon davlat tibbiyot instituti  delegatsiyasi Rostok universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida bo‘lib, klinikadagi endoxirurgiya, qon-tomir xirurgiyasi, jigar xirurgiyasi, hamda transplantologiya yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangi davolash texnologiyalar bilan tanishtilar. Mutaxassislar bilan fikr almashildi.


Andijon davlat tibbiyot instituti  delegatsiyasining Germaniya Rostok universiteti faoliyati bilan tanishuvi davom etmoqda.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!