alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi

17:05 20.06.2019

2019- yil 19- iyun kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov  Janubiy Koreya davlatiga tashrif buyurdi.


Mazkur tashrifdan maqsad – ikki tomonlama  shartnomalarni amalga oshirish, kelgusida ta’lim va fan doirasida hamkorlik qilish masalalari,  shuningdek,  Janubiy Koreyada o‘tkazilayotgan  “MediExpo -2019” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish yuzasidan muzokaralar olib borishdir.


Tashrifning  birinchi kuni ADTI delegatsiyasi Koreyaning Tegu shahri Kemyung universiteti tibbiyot  fakulteti dekani  hamda universitetning Dongsang tibbiyot markazi direktori, professor Kim Kvonbelar bilan uchrashdilar.


O‘zaro muloqot chog‘ida har ikki tomon vakillari o‘quv uslubiy, ilmiy, klinik amaliyot, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha hamkorlik qilish, jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutida hamkorlikda tibbiy ta’lim markazini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.


Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasining Koreyaga tashrifi davom etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!