Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi samarali o‘tmoqda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Shu kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinovlarning Janubiy Koreyaga tashrifi davom etmoqda.Bugun, 21 iyun kuni ADTI delegatsiyasi  Janubiy Koreyaning Tegu shahridagi muhtasham ekspo markazda  bo‘lib o‘tgan “MediExpo-2019” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilishida ishtirok etdilar.

Ular ko‘rgazmadagi eng so‘nggi, innovatsion ishlanmalar , loyihalar, tibbiy jihoz va asbob-uskunalar bilan yaqindan tanishdilar, shuningdek,  mutaxassislar bilan muloqotda bo‘ldilar. ADTI delegatsiyasining Koreyaga tashrifi davom etmoqda.

 

259