Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasining Koreyaga safari samarali bo‘ldi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019 –yil 24 –iyun kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinovlar Janubiy Koreyaga safari davomida  Tegu shahri Meriyasiga tashrif  buyurdi. U yerda ADTI delegatsiyasi  vitse mer bilan uchrashib suhbatlashdilar.

Shuningdek, Kemyung universiteti tibbiyot fakultetida bo‘lib, talabalarga yaratilgan sharoitlar, simulyatsion o‘quv laboratoriyasining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Simulyatsion xonalardagi zamonaviy tibbiy  jihozlar  va asbob – uskunalar – mulyaj,trenajyor va fantomlarni ko‘zdan kechirdilar. 

 Kunning ikkinchi yarmida  ular Tegu shahri “Medi siti” tashkiloti rahbari Kim De Yong bilan uchrashib, muzokaralar olib bordilar.

       ADTI delegatsiyasining tashrifi to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar Janubiy Koreya ommaviy  axborot vositalarida keng yoritib borildi.

270