alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy Kengashining navbatdagi yig’ilishi

17:35 27.02.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy Kengash ishini institut rektori, professor M.M.Madazimov olib bordi. Kengash a’zolarining taklifi bilan dastlab ilmiy, uslubiy qo‘llanma va darsliklar tayyorlagan professor-o‘qituvchilar e’lon qilindi va ularga Kengash nomidan minnaddorchilik bildirildi.

Shuningdek Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida 25 ta jamoa ishtirokida Ekstremal tibbiyot bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada fahrli uchinchi o‘rinni egallagan jamoa vakillari va ularning ilmiy rahbarlari institut jamoasi ulkan yutuq bilan qutlandi va munosib taqdirlandilar.


“Yil talabasi-2019” tanlovining “O’z mutaxassisligi bo’yicha yilning eng bilimdon talabasi” naminatsiyasi bo’yicha Respublika bosqichida 3- o’rinni egallagan davolash yo’nalishi 3- bosqich 315- guruh talabasi Muhammadayubxon Boboyevlar institut ma’muriyati tomonidan rag‘batlantirildi.


Ilmiy Kengash kun tartibidagi “Pediatriya va davolash fakultetilarida axborot kommunikatsiya va yangi pedagogik texnologiyani o‘quv jarayonida qo‘llanishi. Kafedralarda chet tili mashg‘ulotlarini tashkil qilinishi” mavzusi bo‘yicha Davolash fakulteti dekani B.Mamatov ma’ruza qildi.

Kengashda Institut innovatsiyalar va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori G‘.M.Xodjimatov joriy yil institudla o‘tkaziladigan “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash”, “Innovatsion yarmarka” hamda “Yosh olimlar respublika video-konferensiyasi”ga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida ma’lumot berdi.
ADTIning 2019 yil reyting ko‘rsatkichlar va ta’lim sifatini oshirish maqsadida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn so‘rovnoma natijalarini ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i G‘.To‘ychiev tahlil qilib berdi.


Shuningdek Ilmiy Kengashda Axborot-resurs markazi jamg‘armasiga olingan yangi adabiyotlar, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi ADTI boshlang‘ich tashkiloti faoliyati va boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Kozimjon Baydullaev,

ADTI pediatiriya fakulteti yoshlar bilan ishlash

bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!