alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi

12:36 06.05.2020

Karantin talablari asosida o‘tkazilgan Ilmiy kengash ishida Mamlakatimiz Prezidentining 5-may kuni karantin sharoitini yanada engillashtirish va iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalardan kelib chiqadigan vazifalar  ko‘rib chiqildi.
Kengash ishini olib borgan institut rektori, professor M.M.Madazimov koronavirus pandemiyasi davrida institutda amalga oshirilgan ishlarni tahlil etar ekan, karantin sharoitida ta’lim jaryonini va xodimlar ish faoliyatini tashkillashtirishda sanitariya, gigeniya talablariga to‘la amal qilish zarurligi xususida so‘z yuritdi. Har bir xodim o‘z salomatligiga, shuningdek hamxonalari, kasbdoshlarining salomatligiga jiddiy e’tiborda bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng o‘quv  ishlari prorektori A.Sh.Arziqulov O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 10-aprel 257-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida o‘kuv jarayonini masofaviy ta’lim orqali samarali davom ettirish hamda 2019/2020 o‘quv yilini yakunlash to‘g‘risida” gi buyrug‘i asosida institutda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Institut rektori kafedrlarda masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etilishi va  masofaviy ish rejimida ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quv-uslubiy va ilmiy tadkikot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bajarilishida kafedra mudirlarining vazifalari yuzasidan fikrlar bildirdi.
Shuningdek, Kengash ishida institutdagi 60 ga yaqin fan to‘garaklari faoliyati, talabalarni respublika va xalqaro fan olimpiyadalari, ilmiy-amaliy konferensiyalarga, davlat stipendiyalari tanlovlariga tayyorlash, Talabalar Ilmiy jamiyatini faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

 ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!