alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi

17:09 09.10.2019

Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va amaliyotda qo‘llash – hayotga tadbiq etish oliy ta’lim muassasalari zimmasidagi asosiy vazifalardan biridir. Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida mana shu vazifani bajarilishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Kengash ishini istitut rektori, professor Madaminjon Madazimov olib bordi. Kun tartibi tasdiqlangach, rektor taklifi bilan ilmiy ishlarini himoya qilgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ularning ilmiy rahbarlari ma’muriyat tomonidan bir oylik maoshi miqdorida taqdirlandilar.

 
Rektor mamnuniyat bilan institut professor-o‘qituvchilari tomonidan chop ettirilgan uslubiy qo‘llanma va darsliklar haqida ma’lumot beridi. Shundan so‘ng, ADTI va Andijon davlat mashinasozlik instituti professor-o‘qituvchilarining “Klinik injiniring” nomli qo‘shma grant loyihasi doirasida Sankt-Peterburg politexnika universitetiga qilgan safar xaqida ma’lumot tinglandi.


Institut rektori M.M.Madazimov Kengash a’zolariga institut delegatsiyasi bilan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetiga qilgan safari, safar davomida keltirilgan elektron o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar xaqida ma’lumot berib o‘tdi.


Ilmiy kengash kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Abdupatto Asxanov so‘zga chiqdi va institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifati va samaradorligini oshirish, mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, “Mahalla-oila-ta’lim muassasasi” yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xaqida ma’lumot berdi. Professor-o‘qituvchilar va talabalarning kiyinish, muloqot madaniyatini oshirish borasida ichki tartib qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish masalasida o‘z fikrlarini bildirdi.

Institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Abdurayim Arziqulov 2019-2020 o‘quv yilida qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etilishi borasida amalga oshirilgan ishlar, xorijiy talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida to‘htalib o‘tdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritdi. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i G‘olibjon To‘ychiyev 2019 yil yanvar-sentyabr oyilarida fakultet va kafedralar kesimida professor-o‘qituvchilar tomonidan 9 ta indikator bo‘yicha olingan natijalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Bundan tashqari Ilmiy kengash ishida 2018-2019 o‘quv yili talabalar va magistrlar yozgi ishlab chikarish amaliyoti, ilmiy axborotlar bo‘yicha xisobotlar tinglandi, bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida saylov o‘tkazildi va boshqa masalalar muhokama qilindi. Ko‘rib o‘tilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!