alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI ILMIY KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI ONLAYN YIG‘ILISHI

16:35 01.07.2020

Navbatdan tashqari onlayn yig‘ilishda prorektorlar, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. Uni institut rektori, professor M.M.Madazimov olib bordi.

Kengash ishiga qo‘yilgan birinchi masala – mamlkatimiz prezidenti SH.M.Mirziyoev ishtirokida odil sudlov va korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarni o‘rganish bo‘yicha institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar asosida mamlakatda jinoyatchilik, jumladan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Kengash a’zolariga oliy ta’limni korrupsiyasiz sohaga aylantirish mavzuga oid viderolik namoyish etildi.
Videoroik namoyishidan so‘ng institut rektori jinoyatchilikning har qanday ko‘rinishiga keskin choralar ko‘rilishi xususida fikr bildirdi.

Ilmiy Kengashining navbatdan tashqari onlayn yig‘ilishida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.SH.Arziqulov yangi o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqda ma’lumot berdi.

Ilmiy Kengashida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishi qaror qabul qilindi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!