alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy Kengashining yangi o‘quv yili oldidan o’tkazilgan yig‘ilishi

17:48 26.08.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilishini institut rektori, professor M.M.Madazimov olib bordi.

Kengash kun tartibidagi birinchi masala – institutda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligiga tayyorgarlik ishlarining borishi haqida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov ma’lumot berdi.


Kengash a’zolarining takliflari asosida Mustaqillik bayramini karantin talablariga rioya qilgan holda – har bir professor-o‘qituvchi, xodim o‘z uyida o‘tkazishga kelishib olindi. Bundan tashqari prorektor P.X.Asxanov yangi o‘quv yilining ilk darslari – Mustaqillik darslari, murabbiylik ishlari, o‘quv jarayonida korrupsion holatlarga qarshi kurash borasida alohida e’tibor qaratish zarur masalalarga to‘htalib o‘tdi.


Shundan so‘ng o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov yangi 2020-2021 o‘quv yiliga kafedralarning o‘quv uslubiy ishlar bo‘yicha tayyorgarligi to‘g‘risida axborot berdi. Hisobot davomida kafedralarning me’yoriy, uslubiy hujjatlari, o‘quv-texnik vositalari, auditoriya va ma’ruza zallari, chet tilida dars olib borilishi yuzasidan tayyorgarligi holatiga alohida to‘htalib o‘tildi, ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek kengashda  ishlar boshqarmasi boshlig‘i Z.A.Mamajonov yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish borasida olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida ma’lumot berdi hamda turli masalalar muhokama qilindi.

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi onlayn yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

 ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!