Andijon davlat tibbiyot instituti innovatsiyalar va ilmiy anjumanlar o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutining innovatsiyalar va ilmiy anjumanlar o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni institut innovatsiyalar va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori G‘.M.Xodjimatov olib bordi.

Tashkiliy qo‘mita joriy yili 25-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida o‘tkaziladigan “Innovatsion g‘oyalar yarmarkasi”,  24 aprel kuni o‘tkaziladigan “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga bag‘ishlangan “Tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusida yosh olimlar Respublika ilmiy-amaliy videokonferensiyasi, 11-12 iyun kunlari o‘tkaziladigan  “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rejasiga kiritilgan, xorijiy olimlar ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanni tashkillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda anjumanlarning yo‘nalishlari, mavzulari, maqola va tezislarga qo‘yiladigan talabalar bo‘yicha fikr-mulohazalar, takliflar  bildirildi.

ADTI axborot xizmati

 

98