alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI JAMOASI DONORLIK AKSIYASIDA ISHTIROK ETMOQDA

14:10 01.06.2022

Bemorning dardiga shifo berish, hayotga qaytishiga ko‘maklashish chin insoniylik fazilatlaridan. Mehr ulashishga bel bog‘lagan Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi viloyat Qon quyish markazida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostidagi beg‘araz donorlik aksiyasida ishtirok etishmoqda.

Unda fakultet xodimlari, professor-o‘qituvchilar, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari va talabalar bemor bolajonlarga o‘z mehrlarini izhor etishmoqda. Hozirda 50 nafardan ortiq ko‘ngillilar mazkur aksiya ishtirokchisiga aylandilar.

Aksiya davom etmoqda. Jajji bemor qalb egalariga bayram tuhfasini Siz ham ulashing!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!