alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi Navro‘z ayyomini keng nishonladi

17:12 25.03.2019

Shu kunlarda yurtimizda bahor, yangilanish, ezgulik va mehr –muhabbat bayrami – Navro‘z shodiyonalari davom etmoqda. Kuni kecha  bu go‘zal ayyom Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi tomonidan o‘zgacha shodu xurramlik bilan nishonlandi. Bayram munosabati bilan shahrimizdagi “Andijon” to‘yxonasi turli bezaklar, anvoyi gul-chechaklar, dillarni yayratuvchi  bayramona  shiorlar bilan bezatildi. Karnay –surnay, doirayu nog‘oralarning sho‘xchan sadolari barchani bayramga chorladi. Milliy va qadrli ayyomni nishonlash uchun bu muhtasham maskanga  qadrli ustozlar, mehmonlar, institut professor-o‘qituvchilari va  barcha xodimlar  to‘kin dasturxon atrofida jamuljam bo‘ldilar.
Tadbirni  institut rektori, M.Madazimov ochib, Navro‘z bayrami bilan yig‘ilganlarni qizg‘in tabrikladi hamda o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.


Shundan so‘ng, qadrli ustoz, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Xalq qabulxonasi  viloyat bo‘limi rahbari,   M.Xo‘jamberdiev ham so‘z olib, institut to‘g‘risida, qadrdon hamskasblari va shogirdlari haqida iliq fikrlarni bildirdi. Aziz va muqaddas dargoh- tibbiyot institutiga hamisha oshiqib, bu  maskandagi ahil jamoa bilan hamsuhbat bo‘lishga intiqligini to‘lqinlanib gapirdi. Shuningdek, o‘zining tabrigini va  tilaklarini  bildirdi.

                Bayram  tadbirida  viloyat hokimining ijtimoiy  kotibiyat mudiri A.Mirkomilov so‘zga chiqib, mamlakatimizda hamda viloyatimizda  olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning amalga oshirilishida Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasining alohida o‘rni, ulkan hissasi borligini ta’kidladi va yangi kun – Navro‘zi olam bilan tadbir ishtirokchilarini qizg‘in muborakbod etdi.

               Тantanada Andijon mashinasozlik instituti rektori O’.Salomov ham so’z olib, bayram bilan tabrikladi va dil so’zlarini izhor qildi.

Tadbir davomida  institutda uzoq yillar faoliyat yuritgan va bugungi kunda ham halol, fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh  ustozlar, yuzlab professor-o‘qituvchilar bayram munosabati bilan institut ma’muriyati, xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasining  pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari  bilan taqdirlandilar.

                Bayram  tilaklari,  dilrabo kuy-qo‘shiqlar va jozibali raqslar tantanaga o‘zgacha  fayz baxsh etdi. Bahoriy taomlar bilan bezatilgan to‘kin dasturxon atrofida barcha bir-birini qutlab,  chin dildan bayram tilaklarini izhor etdi.



O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘limi xonanda  va raqqosalarining chiqishlari, taniqli san’atkorlarning  dilnavoz qo‘shiqlari  bayram qatnashchilariga manzur bo‘ldi. Navro‘z shodiyonasi uzoq davom etdi. Kuylar qo‘shiqlarga, qo‘shiqlar esa raqslarga ulanib barcha birdek o‘ynab yayradi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!