Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi sirdaryoliklar bilan birga!

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Hurmatli hamkasblar!

 Barchangizga ma’lum, ayni damda Sirdaryo viloyatida Hukumat komissiyasi tashkil etilib, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish va ularga har tomonlama yordam berish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. Etrof etish kerakki, barcha jarayonlar davlatimiz rahbarining nazorati ostida.

Aziyat chekkan yurtdoshlarimiz bilan birga bo‘lish, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatish har birimizning insoniy burchimizdir. Qolaversa, ota-bobolarimizdan qolgan go‘zal qadriyatimiz, an’anamiz – ko‘makka muhtoj insonga hamisha yordam qo‘lini uzatganmiz.

Men Sirdaryo viloyatida ro‘y bergan falokat natijasida jabrlangan aholiga yordam berishga shoshilgan hamyurtlarimizni, xalqimizning birdamligini, uning sahovati, rahm-shafqati, yordamga doimo tayyorligini ko‘rib juda to‘lqinlanmoqdaman.

Mana shunday hayrli ishda Andijon davlat tibbiyot instituti jamaosi ham faol ishtirok etmoqda. Jamoamizning mehr-sahovat ishlaridagi faolligidan men juda faxrlanaman.

Saxovat va ko‘mak ishlarini tashkil qilish istagidagi professor-o‘qituvchilarimiz, jumladan A.Arzibekov 1 000 000 so‘m, Sh.Hamraqulov 2 000 000 so‘m pul mablag‘larini ajratib  xalqimizning azaliy va bebaho qadriyatlari bardavom ekanligi yaqqol namoyon etmoqdalar.

Azizlar, hech kimning boshiga kulfat tushmasin! Har birimizning xonadonimizda tinchlik, xotirdjamlik bo‘lsin! Oz bo‘lsada ko‘magimizga muhtoj bo‘lgan atrofimizdagilardan esa sahovatimizni ayamaylik!

Institutimiz jamoasining Sardoba suv omborida ro‘y bergan to‘g‘on yorilishi natijasida talafot ko‘rganlar uchun insonparvarlik yordamini to‘plash borasidagi aksiyasi davom etmoqda.

Pul mablag‘i ko‘rinishidagi yordam institutdagi quyidagi plastik kartaga jamlanmoqda: 8600 3329 5380 5359.

Azizlar, Muborak Ramazon oyda savobli ishlarni amalga oshrib, qiyin sharoitda qolgan hamyurtlarini qo‘llab-quvvatlash, dardiga sherik bo‘lish kabi xalqimizning qon-qoniga singib ketgan go‘zal fazilatlarimizni ko‘rsataylik!

 M.M.Madazimov.

ADTI rektori, professor

103