alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi sirdaryoliklar bilan birga!

16:43 04.05.2020

Sirdaryo viloyatida ro‘y bergan falokat natijasida jabrlangan aholiga yordam berishga shoshilgan hamyurtlarimizning harakatlari xalqimizning birdamligini, uning sahovati, rahm-shafqati, yordamga doimo tayyorligini yaqqol namoyon etmoqda.
Eng muhimi tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlar garchi o‘z uylari, mol-mulklaridan qisman ajralgan bo‘lsa-da, muhtaram Prezidentimiz shaxsan o‘zi boshchiligida tabiiy ofat zararlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatilayotganligidan mamnun va kelajakka ishonchi yuqoridir.
Institutimiz jamoasi ham ko‘ngillilarning tashabbusini qo‘llagan holda Sardoba suv omborida ro‘y bergan to‘g‘on yorilishi natijasida talafot ko‘rganlar uchun insonparvarlik yordamini to‘plashni rejalashtirdi.
Bugun ertalabdan boshlab sahovat va ko‘mak ishlarini tashkil qilish istagi bor professor-o‘qituvchilarimiz, xodimlarimizning telefon qo‘ng‘iroqlari, hayriyalari meni juda to‘lqinlantirmoqda.
Jamoamizning mehr-sahovat ishlaridagi faolligidan men juda faxrlanaman.
Pul mablag‘i ko‘rinishidagi yordam institutdagi quyidagi plastik kartaga jamlanmoqda: 8600 3329 5380 5359.
Xalqimizning azaliy va bebaho qadriyatlari bardavom bo‘lsin!

 M.M.Madazimov.

ADTI rektori, professor

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!