alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda

10:44 14.03.2020

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida joriy  yil 14-15 mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda


Institut hududi va institut atrofidagi yo‘laklar, gulzorlar tartibga keltirildi, darahtlarga shakl berildi, darahtlar, yo‘lakchalar,  ariqchalar qirg‘oqlari oqlandi. Keng ko‘lamli tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Institutning 2-o‘quv binosi, Talabalar turar joyida ham  obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!