alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi va talabalari uchun yangi adabiyotlar sovg’a qilindi

14:32 22.07.2019

O’tib borayotgan har bir kunimiz bizni eng ulug’, eng aziz  ayyom – Mustaqilligimizning 28 yilligi sari yaqinlashtirmoqda.  Bu qutlug’ ayyom va yangi o’quv yili oldidan yurtimizning barcha hududlarida bo’lganidek, Andijon davlat tibbiyot institutida ham  ezgu va xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

2019-yil 22-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga viloyat hokimining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari O’tkirbek Shukurov  tashrif buyurdi. Tashrif chog’ida  u institut Axborot-resurs markazida bo’lib,  viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning ADTI jamoasi va talabalari uchun sovg’asi –  200 nusxadan ortiq  badiiy va mutaxassislikka oid  adabiyotlarni topshirdi.  O’.Shukurov  avvalo institut ARMidagi mavjud shart-sharoitlar, yangi adabiyotlar, elektron adabiyotlar bazasi bilan tanishib, gazeta-jurnallar tahlamalari va xorijiy adabiyotlar bilan ishlash bo’limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida institut rektori M.Madazimov, ilmiy  ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor G’.Xodjimatov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor P.Asxanov, ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i G’.To’ychiev, Yoshlar ittifoqi  institut boshlang’ich tashkiloti  faollari  hamroh bo’lib, yangi o’quv yili oldidan qizg’in tayyorgarlik ishlari, qulay va yetarli  sharoitlar yaratish, adabiyotlar bilan ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar xususida suhbat olib borildi.

Shu kuni institut rektori M.Madazimov, ilmiy  ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor G’.Xodjimatov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor P.Asxanovlar ham o’zlarining shaxsiy kutubxonalaridan 15-20 nusxadan kitoblarni hadya qildilar.

Yildan-yilga institutda  ta’lim olayotgan talabalar soni ko’payib borayotganligi sababli adabiyotlarga bo’lgan  ehtiyojni qondirish  maqsadida institut rektori tashabbusi bilan  ARMga  72 million so’mlik DUPLO – raqamli rezograf apparati keltirildi. Ayni vaqtda kichik bosmaxonani ishga tushirish uchun mutaxassislarni jalb etish,  amaldagi qonun–qoidalar asosida  hujjatlarni tayyorlash  ishlari  olib borilmoqda.  Tashrif yakunida M.Madazimov  viloyat hokimining sovg’alari uchun institut ma’muriyati nomidan o’z minnatdorchiligini bildirdi. Institutda bayramoldi tadbirlar va yangi o’quv yiliga  tayyorgarlik ishlari  qizg’in davom etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!