alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra mudiri yangi lavozimda

13:02 01.12.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti harbiy tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi kafedrasi boshlig‘i, tibbiyot xizmati podpolkovnigi Akmaljon Najmiddinovich Nasriddinov Markaziy Harbiy klinik gospital boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan institut Kengashlar zalida  A.Nasriddinovni yangi lavozimga kuzatuv tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori, professor M.M.Madazimov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Haydarov, harbiy tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Kuzatuv tadbirda so‘z olgan institut rektori M.M.Madazimov A.Nasriddinov rahbarlik qilgan davr mobaynida harbiy tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi kafedrasida amalga oshirilgan juda katta ijobiy o‘zgarishlar, A.Nasriddinovning mamlakatimiz Qurolli Kuchlariga yetuk tibbiy xodimlar tayyorlash borasidagi xizmatlariga to‘htalib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Haydarov institut jamoasiga, harbiy tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi kafedrasi professor-o‘qituvchilariga, jumladan, kafedra boshlig‘i A.Nasriddinovga Vatanimiz himoyachilarini tarbiyalash borasidagi ishlariga omad tiladi.


Kuzatuv tadbirida so‘z olgan podpolkovnik Akmaljon Najmiddinovich Nasriddinov ko‘rsatilgan hurmat, e’tibor uchun institut ma’muriyatiga minnatdorchilik bildirdi va harbiy tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalardan ulkan-ulkan yutuqlar kutib qolishini bildirdi.


Samimiy kuzatuv tadbiri yoshlarni shifokorlik kasbiga – Vatanga bo‘lgan mehrini ziyoda qildi.

ADTI axborot xizmati  

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!