alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi hayotidan lavhalar: yiliga 1000 dan ortiq yurak nuqsonlari bilan kasalangan bemorlarga malakali jarrohlik amaliyotlari bajariladi.

10:39 05.01.2021

2021-yilYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili

Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi nafaqat Andijon viloyati aholisi, balki Farg‘ona vodiysi xalqi uchun yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Klinikamizning har bir bo‘limi o‘ziga xos tarixga ega.
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi qoshidagi yurak qon-tomir jarrohlik bo‘limi 2001-yili tashkil etilgan. Buning uchun reanimatsiya bo‘limining zali qayta ta’mirlanib, kardioreanimatsiyaga moslashtirilgan

Operatsion blokni 1-jarrohlik xonasi ta’mirlanib, yurak operatsiyalarini o‘tkazish uchun barcha shart sharoitlar yaratildi. VD-89 sun’iy qon aylanish apparati, “SKA” va gazoanalizator AVL -77 o‘rnatilib, ochiq yurakda operatsiyalar bajarish boshlandi.
Mutaxassislarni tayyorlash uchun 2 nafar kardioxirurg, 1 nafar perfuziolog, 3 nafar kardioanesteziolog va 1 nafar funksional diagnostika bo‘yicha ExoKG mutaxassisi akademik .V.V.Voxidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan ilmiy jarrohlik markazida, so‘ngra  Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk shahrida akademik Meshalkin nomli Qon aylanish tizimi patologiyasi institutida, shuningdek, Polsha davlati Katovitsi shahri seleziya instituti 7-kardioxirurgiya bo‘limida tayyorlanib kelgan.

2015-yilga kelib 3 nafar mutaxassis, ulardan biri endovaskulyar xirurgiya bo‘yicha Akademik V.Vohidov nomli XIMda va ikki nafar xodim Moskva shahridagi A.N.Bakulyev nomidagi yurak qon-tomir jarrohligi ilmiy markazida kardioxirurg mutaxassisligiga ega bo‘ldi. 2019-yili bir shifokor Janubiy Koreya Guvanju shahri Channon tibbiyot akademiyasi kardioxirurgiya bo‘limida malakasini oshirib keldi.
2002-yildan hozirgi kunga qadar kardioxirurgiya bo‘limida muntazam ravishda ortirilgan va yurak tug‘ma nuksoni bilan bemorlar jarrohlik yo‘li bilan davolanib kelmokda.  Hozirgi kunga kadar 3000 tadan ortiq bemorlarda har xil yurak jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 2020 yilni o‘zida bo‘limda 128ta  bemorda yurak operatsiyalari o‘tkazilgan bo‘lib, ular yosh bolalarda yurak tug‘ma nuqsoni  (qorinchalararo devor defekti, bo‘lmachalar aro devor defekti, Fallo tetradasi) bilan, shuningdek bo‘limda mitral va aortal klapanlar protezlash va bir bemorda Aorta koronar shuntlar operatsiyasi ilk bor o‘tkazildi.

2021-yili Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida “Angiograf” apparatini o‘rnatilishi, operatsion va reanimatsiya bo‘limlarini moddiy texnika bazasini takomillashtirish bilan yurak qon-tomir jarrohlik bo‘limida quyidagi amaliyotlarni bajarish imkoniyati paydo bo‘ladi: bajarilib kelayotgan operatsiyalarga qo‘shimcha yurakni koronar qon-tomirlarni stentlash, miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda tomirlar angioplastikasi, aorta koronar shuntlash, bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarini palliativ va radikal kam invaziv endovaskulyar operatsiyalari,  yurakda ritm buzilishlarini endovaskulyar yo‘l bilan bartaraf kilish va elektrokardiostimulyator o‘rnatish, periferik kon tomirlar angioplastikasi va stentlash,  miyadagi qon-tomirlarda operatsiyalar o‘tkazish.
Mazkur imkoniyatlar paydo bo‘lib, yiliga 1000 dan ortiq yurak nuqsonlari bilan kasalangan bemorlarga malakali jarrohlik amaliyotlari bajariladi.

Mamlakatimiz Prezidenti takliflari bilan 2021-yil Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb e’lon qilindi. Bu esa biz shifokorlar zimmasiga yanada mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Men ishonamanki, institutimiz va klinikamiz shifokorlari 2021 yilda ham xalq salomatligini asrash va mustahkamlash borasida samarali ishlarni olib boradilar.

B.Rahmonov

ADTI klinikasi bosh shifokori

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!