alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI KLINIKASI XODIMLARIGA DEKABR OYI UCHUN OYLIK MAOSHLARI VAQTIDA TO’LANMAGANI SABAB IJTIMOIY TARMOQLARDA BERILGAN MUROJAATI YUZASIDAN RASMIY MUNOSABAT

17:33 24.01.2023

“BASTION” Telegram kanaliga kelgan “Dekabr oyining oyligini haligacha olganimiz yo’q” mazmunidagi murojaat yuzasidan Andijon Davlat tibbiyot instituti klinikasi maʼmuriyati quyidagilarni maʼlum qiladi:

  1. Klinikada ishlovchi xodimlarning oylik ish haqini toʻlash “Shoshilinch (toʻliq byudjet hisobidan)”, “Pullik xizmat (byudjetdan tashqari topilgan mablag’lar hisobidan)” va “Tibbiy sugʻurta (Davlat tibbiy sug’urta agentligi mablag’lari hisobidan)” tizimlari orqali amalga oshiriladi. 2022-yil dekabr oyi uchun oylik ish haqlari “shoshilinch” va “pullik xizmat” tizimida ishlovchi xodimlarga toʻliq hisob-kitob qilingan va belgilangan muddatlarda toʻlab berilgan.
  1. ADTI klinikasi 2022-yil 1-oktabrdan imtiyozli davolangan bemorlar uchun har bir davolangan bemorlar hisobidan oyma oy Davlat tibbiy sugʻurta Agentligi tomonidan moliyalashtirilishi belgilangan va davolab chiqarilgan bemorlar soniga qarab oylik ish haqi hisoblanadi. Hozirda dekabr oyida davolangan bemorlarning hujjatlari sugʻurta agentligiga “medrefer.uz” dasturi orqali yuborilgan. Davolanish uchun sarf qilingan mablagʻlar sugʻurta agentligi tomonidan tasdiqlanib, moliyalashtirilgandan soʻng xodimlarga oylik ish haqlari toʻlab beriladi.
  1. “Tibbiy sugʻurta” tizimida ishlovchi xodimlarga oylik ish haqini toʻlashning yangi tartibi 2022-yil oktabr oydan joriy etilishi toʻg’risida 2022-yil yanvar oyida yozma ravishda ogohlantirilgan.
Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!