alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI KLINIKASIDA YANGI GERMANIYA-OʻZBEKISTON OʻQUV MARKAZI OCHILDI

21:52 26.10.2021

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI KLINIKASIDA YANGI GERMANIYA-OʻZBEKISTON OʻQUV MARKAZI OCHILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda GIZning “Oʻzbekistonda ilgʻor tibbiy texnologiyalarni boshqarish” loyihasi Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida oʻz faoliyatini boshladi. Bugun mazkur loyiha asosida yangi Germaniya-Oʻzbekiston hamkorligidagi endourologiya oʻquv markazi ochildi. Tantanali ochilish marosimida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov, markaz direktori M.Shadmanov, GIZning Oʻzbekistondagi vakolatxonsi direktori York Pudelka va loyiha menejeri Korneliya Bekker ishtirok etdilar.

GIZ tomonidan ajratilgan 130 ming yevroga zamonaviy tibbiy jihozlar keltirildi. Endi bemorlarni kesmasdan toʻlqin orqali siydik yoʻlidagi toshlarni maydalash apparati yordamida yuqori jarrohlik amaliyotlari oʻtkaziladi. Markaz asosan vodiy boʻyicha endourologiya mutaxassislarini yetishtirib chiqaradi. Simulyatsiya markazi, oʻquv xonalari, konferensiya zallarining barchasi yuqori texnologiyalar asosida jihozlangan boʻlib, kursantlar uchun sohani yanada mukammal oʻrganishlariga zamin yaratadi.

Oʻquv markazda Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlaridagi urologik jarrohlar ilgʻor jahon tajribasi, zamonaiviy oʻqitish texnologiyalari asosida mutaxassislar bilan birga malaka oshiradilar. Shuningdek, vodiy aholisi uchun jahon andozalariga mos ravishda tibbiy xizmat koʻrsatiladi va murakkab jarrohlik amaliyotlari oʻtkaziladi. Bu esa bemorlarga qulaylik yaratadi, yaʼni poytaxtga yoki xorijga bormay turib ham dardlariga davo topadilar.

Loyihani amalga oshirishda milliy va xalqaro tajribalar ham eʼtiborga olingan boʻlib, diagnostik tasvirlash, minimal invaziv muolajalar va infeksiyani nazorat qilishga qaratilgan, bu esa oʻz-oʻzidan tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, loyiha doirasida Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan yaqin hamkorlikda tibbiyot xodimlari uchun oʻquv rejalari va dasturlar, shu jumladan, tibbiy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqish ustida ish olib borilmoqda.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!