alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti ma’muriyati Malayziya Kiberdjayya universiteti rahbariyati bilan onlayn video muloqotda bo‘ldi

13:34 22.04.2020

Kiberdjayya universiteti Malayziyaning yirik tibbiyot oliy o‘quv yurti hisoblanadi. Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinovlar va o‘quv bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov Kiberdjayya universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Dr. Hassan Basri Jahubar Sathik, xalqaro studentlar bilan ishlash bo‘limi rahbari Mr. Mahen Manager va Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy boshqaruvchisi Arina Aliyeva tarjimonligida onlayn muloqotda bo‘ldilar.
Andijon davlat tibbiyot instituti ma’muriyati onlayn video muloqot davomida videorolik yordamida institutning ilmiy salohiyati, o‘quv, amaliy imkoniyatlari, xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik aloqalari xususida ma’lumotlar berishdi.

Kiberdjayya universiteti vakillari ham o‘z faoliyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berish bilan birga o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, talabalar almashinuvi, qo‘shma fakultetlar ochish, seminar-treninglar tashkil etish borasida takliflarini bildirishdi. Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Hamkorlik shartnomasini imzolash bo‘yicha kelishib olindi.

Malayziyaning Kiberdjayya universiteti jamaosi bilan o‘tkazilgan onlayn muloqot ikki tomon uchun ham foydali kelishuvlar bilan yakunlandi.

ADTI xalqaro hamkorlik bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!