Andijon davlat tibbiyot instituti murabbiylarining  navbatdagi yig’ilishi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti ma’ruzlar zalida institut murabbiylarining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni institut rektori, professor M.M.Madazimov boshqaridi. Yig’ilishda institut Murabbiylar kengashi raisi A.Arzibekov va barcha guruh murabbiylari ishtirok etdi.

Yig’ilish avvalida institut rektori murabbiylarni o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlar, yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi. Ta’lim samaradorligini oshirish borasida elektron ta’limni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, tibbiyot yo‘nalishidagi xalqaro yangiliklar xususida so’z yuritdi.

Murabbiylar har bir talabani institut an’analari, ichki tartib-qoidalariga amal қilishga o’rgatishi zarurligiga e’tibor qaratdi. Har bir talaba murabbiyning nazoratida va e’tiborida bo’lishi xususida fikrlar bildirdi. Yig’ilish davomida murabbiylar talabalar bilan olib borayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, iqtidorli yoshlarni turli tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash kabi masalalar keng muhokama qilindi.

ADTI axborot xizmati

 

 

 

 

196