alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI NEVROLOGIYA KAFEDRASIDA ITALIYALIK PROFESSOR HAMKORLIGIDA ONLAYN VIDEOMA’RUZA O‘TKAZILDI

14:55 23.03.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti Nevrologiya kafedrasida “Surunkali og‘riq: o‘tkir og‘riqlarni xronizatsiyasini patogenetik aspektlariga aksent” mavzusida onlayn videoma’ruza tashkil etildi.

Unda Italiya davlati “Singa Vitae” klinikasi bosh shifokori professor, PhD (nevrolog) Guistino Varrassi bilan hamkorlikda Andijon davlat tibbiyot instituti Nevrologiya kafedrasi xodimlari uchun ma’ruza o‘qildi.

Shuningdek, Nevrologiya kafedrasi mudiri U.Abduqadirov “Vestibulyar migrenda zamonaviy davolash tamoyillari” va D.Abduqadirova “Tizimli bosh aylanishlarni tarqalishi va klinik ko‘rinishlari” mavzularida ma’ruzalar o‘qidilar.

 

Tadbir davomida Andijon davlat tibbiyot instituti Nevrologiya  kafedrasi  professor-o‘qituvchilari, klinik ordinatorlar, magistrlar va talabalarga maʼruzalar o‘qildi hamda kelgusida ularga seminar (vebinar)lar, mahorat darslari hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishiga kelishib olindi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!