Andijon davlat tibbiyot instituti O‘zbekistonning Turkiyadagi Elchixonasi ko‘magida mamlakatimizda tibbiyot tizimini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash, sog‘liqni saklash sohasida hamkorlikni rivojlantirishda tegishli ishlar faol davom ettirilmoqda. Xususan, institut kafedra mudiri, professor Zuhriddin Salahiddinov va Turkiyaning nufuzli Haccetepe Universiteti rektor yordamchisi professor Burçin ŞENER, sog‘liq fakulteti dekani professor Bulent Altin xalqaro alokalar bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Tashrif davomida professor Z.Salahiddinovga O‘zbekistonning Turkiyadagi Elchixonasi hodimlari hamrohlik kilishdi. Muloqotda tibbiy ta’lim sohasida aloqalarni yanada kengaytirish va rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Turkiyaning nufuzli Haccetepe Universiteti o‘rtasida memorandum imzolashga kelishildi. Jumladan, tomonlar masofadan o‘qitish, talabalarning akademik almashinuvini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish, turk universitetining shifoxonalarida yozgi amaliyot o‘tash va qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish borasida qator kelishuvlarga erishdi.
Ta’kidlash joizki, ikki tibbiyot oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanishga kadam koyildi. Talabalar hamda o‘qituvchilarning ilmiy almashinuvi borasida faol ish olib boriladi. Delegatsiyaning Turkiyaning Anqara shahrida tashrifi davom etmoqda. Tashrif dasturida joriy yilning 9 oktyabrida professor Z.Salahiddinovni Haccetepe Universiteti rektori professor A.Haluk ÖZEN bilan uchrashuvi ko‘zda tutilgan.
Qayd etish joizki, 1967 yilda tashkil etilgan mazkur universitet Turkiyaning nufuzli universiteti, shuningdek, YEvropaning yetakchi ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.