alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti o‘qituvchilari viloyat hokimi tomonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandilar

11:56 08.10.2020

Andijon davlat tibbiyot institutining fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Umidaxon Abduqodirovna Arzibekova va o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Qahramonjon Muhiddinovich Yusupov 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Andijon viloyat hokimi tomonidan “Faxriy yorliq” bilan tadirlandilar.

“Fahriy yorliq”da fidoiy o‘qituvchilarimizning viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy tarqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki, yoshlarni Ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, barkamol avlodni har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi samarali mehnatlari alohida e’tirof etilgan.

Taqdirlanganlarga “Fahriy yorliq” va institut jamoasining esdalik sovg‘alarini institut ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A.Abuhalimov, xodimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Dehqonovlar topshirdilar.

Andijon viloyat hokimi tomonidan “Faxriy yorliq” bilan tadirlangan      o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Q.M.Yusupov va fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi U.A.Arzibekovalarga institut jamoasi nomidan mustahkam sog‘lik, ulkan mehnat zafarlari tilab qolamiz.

ADTI axbort xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!